Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Gus Hiddink professional klubi yo‘q mamlakat milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Gus Hiddink professional klubi yo‘q mamlakat milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Автор: admin

Niderlandiyalik mashhur murabbiy Gus Hiddink Kyurasao milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 
Foxsports.nl saytining xabar berishicha, Hiddink ushbu mamlakat futbol federatsiyasi bilan Qatarda o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar shartnoma imzolagan. Karib dengizi janubiy qirg‘oqlarida joylashgan Kyurasao orolidagi ushbu mamlakat Niderlandiya qirolligi tarkibida bo‘lsa-da, 2011 yildan FIFAning to‘laqonli a’zosi sanaladi.
Gus Hiddink Kyurasao milliy jamoasidagi ishini 1 sentyabr kunidan boshlab, uning oldiga professional jamoa va tarkib yig‘ish vazifasi qo‘yilgan. Karib havzasidagi orol jamoasi KONKAKAF tarkibida JCH-2022 saralash bosqichida ishtirok etadi. Qizig‘i, bu mamlakatda professional jamoa yo‘qligi bois, aksariyat futbolchilar Niderlandiya chempionati quyi divizionlarida to‘p surishadi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *