Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Yuventus" ikki futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

"Yuventus" ikki futbolchisi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

Автор: admin

Hujumchi Gonsalo Iguain va yarim himoyachi Sami Xedira "Yuventus"ni tark etishi mumkin. 

"Keksa sinyoralar" ikki futbolchi bilan shartnomani bekor qilish borasida ish olib bormoqda, deya yozmoqda Janluka Di Marsio.

Ikkala futbolchi ham shartnomani bekor qilsa, tovon pullarini olishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 33 yoshli Xediraga to‘lovlar kamroq berilshi mumkin, sababi u jarohati sababli mavsumning muhim qismini o‘tkazib yubordi. 

32 yoshli Iguain esa o‘tgan mavsum 32ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan. 

95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *