Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Villian nima sababdan «Arsenal»ni tanlaganini aytdi

Villian nima sababdan «Arsenal»ni tanlaganini aytdi

Автор: admin

«Arsenal»ning yangi o‘yinchisi Villan klubning yaqin kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
«Men 3 yillik shartnoma xohlaganimning sabablaridan biri vaqtinchalik o‘yinchi emas, balki rejaning bir qismi bo‘lish edi.
Arteta bilan suhbatlashganimda nima uchun unga 3 yilga kerak ekanligimni tushuntirdi. U «Arsenal»dan ketishimga qadar Chempionlar Ligasini yutishni istaydi. Bu – men eshitishni xohlagan narsa.
«Chelsi»dagi 7 yillik faoliyatim davomida YeCHLdan tashqari hamma sovrinni yutdim. Umid qilamanki, bu transfer orqali o‘zimda yo‘q kubokni va yana bir bor APL g‘olibligini  qo‘lga kiritaman», – deya braziliyalikning so‘zlarini keltiradi The Sun.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi «Chelsi»dan «to‘pchilar» safiga erkin agent sifatida qo‘shildi va 3 yillik shartnoma imzoladi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *