Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Finalda penaltilar seriyasi bo‘lsa, «Bavariya»dan kimlar nuqtaga yaqinlashishi ma’lum

Finalda penaltilar seriyasi bo‘lsa, «Bavariya»dan kimlar nuqtaga yaqinlashishi ma’lum

Автор: admin

«Bavariya» «PSJ»ga qarshi Chempionlar Ligasi finaliga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Myunxenliklar finaldagi ehtimoliy penaltilar seriyasini inobatga olib, so‘nggi mashg‘ulotda 11 metrlik zarbalar ustida ishlashdi. 
Bild'ning xabariga ko‘ra, hujumchi Robert Levandovski o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida birinchi bo‘lib nuqtaga yaqinlashadi. Shuningdek, yana bir hujumchi Tomas Myuller ham, albatta, 11 metrdan zarba beradi.
Penalti tepishga da’vogarlar qatoridan darvozabon Manuel Noyer, yarimhimoyachilar Ivan Perishich, Leon Goretska, himoyachilar Yozua Kimmix va David Alaba ham o‘rin olishgan.
Ma’lumot uchun, «PSJ» – «Bavariya» o‘yini 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *