Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Yevropa ligasi qahramonlaridan biri «Sevilya» bilan xayrlashdi

Yevropa ligasi qahramonlaridan biri «Sevilya» bilan xayrlashdi

Автор: admin

«Sevilya» yarimhimoyachisi Ever Banega Yevropa ligasidagi chempionlik bilan yakunlangan final o‘yinidan keyin Andalusiya klubini tark etishini ma’lum qildi.

«O‘yinimda pasayish yuz bergandayoq qattiq mehnatsiz natijaga erishib bo‘lmasligini Lopetegi menga uqtirgandi. Aynan uning sharofati bilan ikkinchi yoshligimni o‘tkazgandek bo‘ldim. Endi Sevilyaga bosh sovrin bilan xursand holda qaytamiz. Bu g‘alabamiz butun shaharniki.
Hayotimdagi eng muhim va jonajon klubimni tark etayotgan bo‘lsam-da, baxtliman. Navbatdagi orzuimiz amalga oshgani uchun jamoadoshlarimdan minnatdorman. Birdamligimiz va qiyin vaziyatlarni yengib o‘ta olishimizni ko‘rsataganimiz evaziga katta g‘alabani qo‘lga kiritdik», - deydi argentinalik futbolchi UEFA rasmiy saytiga.
Xavbek faoliyatini Saudiya Arabistonining «Ash-Shabab» klubida davom ettiradi. 32 yoshli yarimhimoyachi arab klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, «Sevilya» yarimfinalda «MYU» (2:1), finalda esa «Inter» ustidan (3:2) g‘alaba qozonib, 6 karra Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi.
46   
Добавить комментарий
Ваше имя: *