Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Luis Suares: «Barsa»dan ketishim haqida hali hech kim o‘zimga gapirgani yo‘q»

Luis Suares: «Barsa»dan ketishim haqida hali hech kim o‘zimga gapirgani yo‘q»

Автор: admin

«Barselona» hujumchisi Luis Suares klubdagi kelajagi haqida El Pais’ga intervyu berib, gap-so‘zlarga to‘xtaldi.
«Klubda kutilayotgan o‘zgarishlar haqida yozganda avvalroq klub prezidenti tilga olgan aksariyat nomlarni keltirishmoqda. Biroq hali hech kim menga ketishim borasida, buyog‘iga jamoa mensiz o‘ynashi haqida gapirgani yo‘q. Agarda klubning shunaqa rejasi bo‘lsa kimdir shu haqda meni o‘zimga aytsa yaxshi bo‘lardi. 
Har holda 6 yildan buyon «Barselona»daman, bu davr – klub nimani o‘ylayotgan bo‘lsa o‘zimga bemalol aytishi uchun yetarli muddat. Hozircha esa «Barsa»da o‘ynashda davom etmoqchiman. Ammo klub meni kerak emas deb hisoblasa, hech qanday muammosiz qarorni qabul qiluvchilar bilan gaplashib olaman.
– Klubda qolishni istaysizmi?
– Ha. Menga ishonishda davom etishsa, jamoa foydasi uchun bor kuchimni ayamayman.
- Kuman bilan gaplashib oldingizmi?
- Yo‘q hali», - deydi urugvaylik 33 yoshli forvard.
Ma’lumot uchun, avvalroq Luis Suaresga uning sobiq klubi «Ayaks» qiziqish bildirayotgani, futbolchi uchun Kataloniya klubiga 15 million yevro taklif etgani haqida xabar tarqalgandi.
52   
Добавить комментарий
Ваше имя: *