Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Neymar «Oltin to‘p» haqida: «Messi va Ronaldu – boshqa sayyoradan. Sovrinni yutish katta sharaf bo‘lardi»

Neymar «Oltin to‘p» haqida: «Messi va Ronaldu – boshqa sayyoradan. Sovrinni yutish katta sharaf bo‘lardi»

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Neymar «Oltin to‘p» uchun kurash borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«So‘nggi 10 yildan buyon Messi va Ronaldu «Oltin to‘p» uchun kurashda yaqqol ustunlik qilishdi. Ular boshqa sayyoradan edi, go‘yo. Sovrinni qo‘lga kiritish katta sharaf bo‘lardi. Barchasi maydonda erishadigan natijalarimiz va ko‘rsatadigan o‘yinimga bog‘liq. Jamoam bilan yuksak marralarni zabt eta olsak, vaqti kelib shaxsiy sovrinlar ham nasib qilishiga ishonaman.
Chempionlar ligasidagi g‘oliblik har bir futbolchi hayotidagi o‘zgacha bir voqea va ulkan yutuq bo‘lardi. «PSJ» bilan turnirda g‘alaba qozonsak, tarix yaratgan bo‘lamiz. Aynan shuning uchun ham men bu klubga kelganman», - deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda Daily Star.
Ma’lumot uchun, YeCHL finali doirasidagi «PSJ» - «Bavariya» uchrashuvi 23 avgust kuni Lissabondagi «Da Lush» stadionida o‘tadi.
70   
Добавить комментарий
Ваше имя: *