Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Yuventus» Iguain va Xedira bilan xayrlashdi

«Yuventus» Iguain va Xedira bilan xayrlashdi

Автор: admin

«Yuventus» klubi argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain va nemis yarimhimoyachisi Sami Xedira bilan shartnomani bekor qildi.
Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, bosh murabbiyi Andrea Pirlo yoshi katta futbolchilarning xizmatiga ehtiyoj sezmayapti, shu tufayli klub ularga erkin agent maqomini berdi.
Endi «Yuventus» 32 yoshli Iguain va 33 yoshli Xediraga 2021 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingani sababli kompensatsiya to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.
O‘tgan mavsumda Iguain barcha musobaqalarda 44ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan. Xedira hisobida 18ta o‘yinda 1ta golli uzatma bor.
84   
Добавить комментарий
Ваше имя: *