Goal24.uz » Transfer » Kuman kimni nishonga oldi?

Kuman kimni nishonga oldi?

Автор: admin

Ushbu rukinimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Arsenal” transferga juda yaqin
 
Londonning “Arsenal” klubi tez orada “Lill” himoyachisi Gabriel Magalyaesning transferini rasman e’lon qiladi.
“The Times”ning ma’lum qilishicha, Gabriel Magalyaes uchun “koninirlar” 30 million sarf etishmoqda va unga 5 yillik shartnoma taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda markaziy himoyachi “Liga 1”ning 24 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.
Kuman kimni nishonga oldi?

“Manchester Siti” jamoasi himoyachisi Anxelinyo Ronald Kumanning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
“Marca” nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi nishonida shuningdek Memfis Depay va Jorjino Veynaldumlar turibdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub allaqachon yangi murabbiyning talablarini qondirish borasida ishlar olib bormoqda.
Remzi qaytadi?!

Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Aaron Remzi kelasi mavsumni APLda boshlashi mumkin.
Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, uelslik futbolchi bilan “Nyukasl” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.
“Yuventus” Remzi borasida istalgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini o‘tgan haftada rasman e’lon qildi.
Erik Garsiya “Barselona”da?!

Kataloniya super klubi “Manchester Siti”ning yosh va iqtidorli markaziy himoyachisi Erik Garsiya bilan shartnoma imzolash niyatida.
“MEW” nashrining ma’lum qilishicha, “Barsa” 19 yoshli futbolchining transferi uchun “Siti”ga 10 million yevro taklif qilmoqda.
Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, Garsya kelasi mavsumda erkin agent sifatida Kataloniya klubiga o‘tib ketishi mumkin. Ispan futbolchisi allaqachon “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
“M-YU”ga Kosta kerak emas!

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi “Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Kostaning transferidan voz kechdi.
“Manchester Evening news” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, jamoa braziliyalik futbolchining transferi uchun 27 million yevro sarf etishni istamayapti. Shu sababli, bor e’tiborini “Bormunt” vingeri D’vid Bruksga qaratmoqchi.
“Olchalar” o‘z futbolchisning transferidan 50 million yevro ishlab olishni niyat qilgan. “Qizil iblislar” esa, bu summani 30 millionga qadar kamaytirmoqchi.
174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *