Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Flik: «PSJ»ning himoyasi xuddi hujumidek ishlaydi»

Flik: «PSJ»ning himoyasi xuddi hujumidek ishlaydi»

Автор: admin

«Bavariya» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazamiz, eng zo‘r futbolimizni o‘ynaymiz. Agar buni uddalay olsak, 100% kuch bilan o‘ynasak, bu bellashuvda g‘alaba qozona olamiz.
«PSJ» YeCHLda atigi 5ta to‘p o‘tkazib yubordi, bu – turnirdagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Bu shuni anglatadiki, ularning himoyasi hujumi bilan bir xil ishlaydi.
Bizda o‘yin rejasi bor. Umid qilamanki, uni amalga oshiramiz», – deya Flikning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot o‘rnida, «PSJ» – «Bavariya» o‘yini bugun, 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
55   
Добавить комментарий
Ваше имя: *