Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pirloga «Barselona» futbolchisi kerak

Pirloga «Barselona» futbolchisi kerak

Автор: admin

«Yuventus» yarimhimoyachi Arturo Vidalni jamoaga qaytarmoqchi, deb yozadi Daily Mail.

Manbaga ko‘ra, «Barselona»ning chililik futbolchisiga Turin klubining yangi bosh murabbiyi Andre Pirlo qiziqmoqda. Xabar qilinishicha, 33 yoshli xavbekning o‘zi ham «Yuventus»ga qaytmoqchi. U 2011-2015 yillarda «keksa sinora» safida Pirlo bilan birga o‘ynagan.
Vidal «Barselona»ga 2018 yili o‘tgan. U jamoa bilan Ispaniya chempionati va Superkubogida g‘alaba qozondi. Yarimhimoyachi o‘tgan mavsumda kataloniyaliklar safida 33ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *