Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Tuxel: «Bavariya» finallarga odatlangan, ammo bu hal qiluvchi ustunlik emas»

Tuxel: «Bavariya» finallarga odatlangan, ammo bu hal qiluvchi ustunlik emas»

Автор: admin

«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Hozir «Bavariya» ajoyib formada. Bu – g‘alabaga o‘ch yoshlarga ega turnirning tajribali jamoasi. Chempionlar Ligasi g‘olibi Keylor Navas bilan ko‘p suhbatlashaman. Shuningdek, bizda ushbu unvonni qo‘lga kiritgan Anxel Di Mariya va Neymar ham bor. 
«Bavariya»ning kichik ustunligi shundaki, ular bu kabi finalda raqobatlashishga odatlangan. Ammo bu hal qiluvchi ustunlik emas», – deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «PSJ» – «Bavariya» o‘yini bugun, 23 avgust kuni Lissabondagi Eshtadiu da Lush stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *