Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares g‘azabda: "Bunday qarorga kim kelgan bo‘lsa, u bilan gaplashmoqchiman!"

Suares g‘azabda: "Bunday qarorga kim kelgan bo‘lsa, u bilan gaplashmoqchiman!"

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Luis Suares o‘zining klubni tark etayotgani haqidagi mish-mishlardan g‘azabda.

“Men klubga va o‘zimga eng yaxshisini tanlayman, agar mening ketishim jamoa uchun yaxshi bo‘lsa, bunga tayyorman. Lekin bunday qarorga kim kelgan bo‘lsa, u bilan gaplashmoqchiman. Qani, bu so‘zlarni yuzimga aytsin”, — dedi urugvaylik hujumchi jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Suaresning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyuniga qadar amal qiladi.

O‘tgan mavsumda 33 yoshli futbolchi "ko‘k-anorranglilar" formasida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: aniq.uz
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *