Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Krishtianu Ronaldu Manchester shahrida 27 mln funtlik mehmonxona quradi

Krishtianu Ronaldu Manchester shahrida 27 mln funtlik mehmonxona quradi

Автор: admin

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning mehmonxonalari soni yana bittaga ko‘payadi.
Futbolchi 2023-yilda Pestana kompaniyasi bilan hamkorlikda Manchester shahrida 11 qavatdan iborat to‘rt yulduzli CR7 Pestana mehmonxonasini ochadi.
Shahar markazidagi qurilish Ronaldu va uning hamkorlariga 27 million funtga tushadi. Loyiha hujjatlari mahalliy hokimiyatga taqdim etilgan.
Mehmonxonada 151 ta nomer, sportzalga ega bo‘ladi, shuningdek, tom qismida kafe va bar barpo etiladi.
CR7 Pestana mehmonxonalari Lissabon, Madrid va boshqa shaharlarda mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Manchester shahrida sobiq futbolchilar tomonidan ochilgan mehmonxona faoliyat yuritadi. “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchilari Rayan Giggz, Nikki Batt, Pol Skoulz va aka-uka Nevillar 2015-yilda Hotel Football mehmonxonasini ochgandi.
91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *