Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Ayaks" Kuman "Barsa"da ko‘rishni xohlayotgan futbolchining narxini e’lon qildi

"Ayaks" Kuman "Barsa"da ko‘rishni xohlayotgan futbolchining narxini e’lon qildi

Автор: admin

"Ko‘k-anor ranglilar" safida yana bir golland paydo bo‘lishi mumkin.
"Ayaks" rahbariyati jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Donni van de Bekni qanchaga sotishini ma’lum qildi.
Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli gollandiyalik iqtidor egasiga "Barselona" jiddiy qiziqmoqda. Ushbu transfer esa kataloniyaliklarga kamida 55 million evroga tushadi. Uni shaxsan “Barsa”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman tarkibda ko‘rishni xohlamoqda.
Van de Bek o‘tgan mavsum “Ayaks” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
67   
Добавить комментарий
Ваше имя: *