Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Myuller: «Mbappe va Neymarga o‘ylashga vaqt bermasak, ular xavfli emas»

Myuller: «Mbappe va Neymarga o‘ylashga vaqt bermasak, ular xavfli emas»

Автор: admin

«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu men o‘ynagan eng yaxshi «Bavariya»ga o‘xshaydi. Hozirga qadar deyarli yaxshi mavsumn o‘tkazdik. Flik o‘yin uslubimizni o‘zgartirdi, boshidanoq katta tavakkalga qo‘l urdi. Ko‘pchilik himoyamizni tanqid qiladi. Ammo ular hujumga qo‘shilib, bizga ko‘p yordam berishadi va bu o‘yinimizdagi muhim jihatdir. Biz uslubimizni o‘zgartirmoqchi emasmiz. 
«PSJ»da tezkor hujumchilar bor – Neymar va Mbappe. Agar ularga o‘ylashga vaqt bermasangiz, ular unchalik xafli emas. Ammo erkinlik berib qo‘ysangiz, xohlaganlarini qilishlari mumkin», – deya Myullerning so‘zlarini keltiradi Tuttmercatoweb.
Ma’lumot uchun, «PSJ» – «Bavariya» o‘yini bugun, 23 avgust kuni Lissabondagi Eshtadiu da Lush stadionida bo‘lib o‘tadi.
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *