Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Mbappe: «Tuxel yulduzlarni boshqara olmasligini aytishgandi, ammo «PSJ» eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi»

Mbappe: «Tuxel yulduzlarni boshqara olmasligini aytishgandi, ammo «PSJ» eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi»

Автор: admin

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan jamoa ustozi Tomas Tuxelni maqtab o‘tdi.
«Futbolchilar murabbiyni qo‘llab-quvvatlashadi. Ko‘p gaplarni eshitdim. Masalan, u kiyinish xonasida yetakchi emasligi, yulduzlarni boshqarishni bilmasligini... Ammo u bilan klub o‘z tarixidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazdi. Barcha sovrinlarni yutdik, Chempionlar Ligasi finalidamiz. 
U barchasini to‘g‘rilay oldi. Albatta, turli muammolar ham bor edi, lekin bu dunyodagi barcha murabbiylarda bo‘lishi mumkin. U – haqiqatan ham biz ishonadigan mutaxassis», – deb Mbappening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
«PSJ» – «Bavariya» o‘yini bugun, 23 avgust kuni Lissabondagi Eshtadiu da Lush stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *