Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Manba: «Chelsi» «Lester» himoyachisini qo‘lga kiritdi

Manba: «Chelsi» «Lester» himoyachisini qo‘lga kiritdi

Автор: admin

«Chelsi» klubi «Lester» himoyachisi Ben Chiluellning transferini hal qildi. Bu haqda insayder Nikolo Shira tvitter orqali xabar tarqatdi.

23 yoshli futbolchi londonliklar bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Avvalroq Shira transfer summasi 52 mln. yevroga teng bo‘lishi haqida yozgan edi.

Bundan tashqari, «Chelsi» «Bayer» yarim himoyachisi Kay Xaversning transferiga o‘z e’tiborini qaratmoqchi. "Ko‘klar" ushbu futbolchi uchun taklifni 80-90 mln. yevroga ko‘tarishmoqchi. «Bayer» dastlab o‘z futbolchisi uchun 100 mln yevro so‘ragan edi. Ammo futbolchi «Chelsi» o‘tish istagini bildirsa, narx tushishi mumkin.
Manba: bombardir.ru
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *