Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Finaldagi mag‘lubiyatdan keyin “Inter” zudlik bilan 2 futbolchini sotib olmoqchi

Finaldagi mag‘lubiyatdan keyin “Inter” zudlik bilan 2 futbolchini sotib olmoqchi

Автор: admin

Bu transferlar jamoani kuchaytirishi aniq.
Yaqindagina UEFA Evropa Ligasi finalida mag‘lub bo‘lgan “Inter” o‘z tarkibiga ikkita iste’dodli futbolchini qo‘shib olmoqchi. Sandro Tonali hamda Emerson milanliklar ro‘yxatidan o‘rin olgan.
“Corriere dello Sport” nashrining xabariga ko‘ra, “nerradzurilar” “Breshia” futbolchisi Tonaliga 35 mln, “Chelsi” himoyachisi Emerson uchun 40 mln evrodan voz kechishga tayyor. Rahbariyat bu o‘yinchilar jamoa keyingi mavsum Skudetto uchun kurash olib borishi yo‘lida muhim o‘rin tutishiga ishonmoqda.
Hozircha Emerson transferi milanliklar uchun osonroq tuyulmoqda. Chunki unga Tonali kabi bir necha klublardan jiddiy qiziqishlar yo‘q.
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *