Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Rostov» Eldor Shomurodov uchun yangi raqobatchini taklif qildi

«Rostov» Eldor Shomurodov uchun yangi raqobatchini taklif qildi

Автор: admin

«Rostov» yarimhimoyachisi Ivelin Popov faoliyatini «Sochi»da davom ettiradi, sochiliklar hujumchisi Dmitriy Poloz esa «Rostov» safiga kelib qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Poloz avval ham rostovliklar safida to‘p surgan. U 2012 yilda «Lokomotiv»dan «Rostov»ga o‘tib, 151 o‘yinda 29ta gol va 22ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygandi. Rossiyalik 29 yoshli forvard «Rostov» safida 99-raqam ostida to‘p surib, hujum chizig‘ida Eldor Shomurodovga raqobatchiga aylanadi. Dmitriy joriy mavsumda 3 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.
«Rostov» yarimhimoyachisi Ivelin Popov esa «Sochi»ga yo‘l oldi. Bolgariyalik futbolchi «Rostov» safiga 2019 yilda kelib, 44 o‘yinda 9ta golga mualliflik qilgandi.
Ma’lumot uchun, «Rostov» Rossiya Premer-ligasi 4-turi doirasida bugun, 23 avgust kuni «Ufa» mehmoni bo‘ladi.
60   
Добавить комментарий
Ваше имя: *