Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Mbappe: «Noyer – futbol tarixidagi eng kuchli darvozabonlardan biri, «Bavariya» esa favorit»

Mbappe: «Noyer – futbol tarixidagi eng kuchli darvozabonlardan biri, «Bavariya» esa favorit»

Автор: admin

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan myunxenliklar darvozaboni haqida to‘xtaldi.
«Noyer – futbol tarixidagi eng buyuk darvozabonlardan biri. Aynan unga o‘xshagan darvozabonlarga qarshi to‘p surishni doim istaganman. Eng yaxshi bo‘lishni maqsad qilgan futbolchi aynan Noyerga o‘xshagan darvozabonlarga qarshi o‘ynashi kerak. Biz favoritga qarshi maydonga tushamiz. Ko‘rsatmalarni aniq bajarib, eng avvalo o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak», - deya Mbappening so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «Pari Sen-Jermen» — «Bavariya» final uchrashuvi bugun, 23 avgust kuni o‘tkaziladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.
62   
Добавить комментарий
Ваше имя: *