Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Xames nima sababdan jamoasini o'zgartira olmayotgani malum bo'ldi

Xames nima sababdan jamoasini o'zgartira olmayotgani malum bo'ldi

Автор: admin

"Real" rahbariyati yarim himoyachi Xames Rodrigesni sotib yuborish borasida muammolarga duch kelmoqda.
"Marca" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchini 25 mln evroga ham sotib yuborishga tayyor turibdi. Biroq uning keta olmasligiga futbolchining maoshi sabab bo'lmoqda.
Xames Madridda yiliga 8 mln evro maosh olmoqda. Uning o'zi klubdan ketishga tayyorligi borasida aytib o'tgandi. Hattoki, u 50 foiz maoshidan voz kechishga ham tayyor turibdi. Unga yiliga 4 mln evro maosh berishga tayyor klublar ham bor.
"Atletiko", "Lacio", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kabi klublar shular jumlasidan. Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda ham kolumbiyalikni "Real" tarkibida ko'rsak kerak.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *