Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ueyn Runi: «Bizni hujumkor ochiq futbol kutib turibdi, «PSJ» yutishini taxmin qilayapman»

Ueyn Runi: «Bizni hujumkor ochiq futbol kutib turibdi, «PSJ» yutishini taxmin qilayapman»

Автор: admin

Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted» klubi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Chempionlar ligasi finali oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bavariya»ning ustunligi shundaki, jamoa tarkibining aksar qismi allaqachon Chempionlar ligasi finalida o‘ynashga ulgurgan va ular finaldagi ruhiy bosimga dosh bera olishadi. Ammo shunga qaramay, menda shunday hissiyot borki «PSJ» yutishini taxmin qilayapman.
Bizni hujumkor ochiq futbol kutib turibdi. Har holda hujumda juda yaxshi o‘yin namoyish eta oladigan ikki jamoa uchrashmoqda. Ikki tomon ham bir-birining himoyasida muammolar yarata oladi. Bizni otishma tomoshasi kutib turgandek. 
Fikrimcha, Neymar, Kilian Mbappe va Anxel Di Mariya «Bavariya»ning himoya chizig‘i ancha oldinroq o‘ynashidan foydalana oladi. Ularda imkoniyat bo‘ladi va bu jamoa «Lion»dan farqli ravishda vaziyatlarni golga aylantirishiga ishonish mumkin.
«PSJ»ning tarkibi nisbatan barqaror. Parij klubi himoyada ham «Bavariya»dan ko‘ra ishonchliroq harakat qiladi. Nemis jamoasi pressing qilishda ancha kuchli. Ammo bu ish berishi uchun himoyachilar to‘rtligi maydon markaziga yaqin to‘p surishi talab etiladi. Bu esa «PSJ»ning tezkor futbolchilariga keng maydonni qoldiradi», - deya yozadi Runi The Times’dagi kolonkasi.
Ma’lumot uchun, «PSJ» - «Bavariya» final bahsi bugun, 23 avgust kuni soat 23:59da boshlanadi.
59   
Добавить комментарий
Ваше имя: *