Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA Yevrokuboklardagi sakkiz finalchi tizimini saqlab qolishi mumkin

UEFA Yevrokuboklardagi sakkiz finalchi tizimini saqlab qolishi mumkin

Автор: admin

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin tashkilot koronavirus pandemiyasi sabab Yevrokuboklarda foydalanilgan sakkiz finalchi tizimini saqlab qolish borasida muzokaralar o‘tkazayotgani haqida ma’lum qildi.
Aytishim kerak, bitta o‘yindan iborat bu tizim menga ikki o‘yinlik to‘qnashuvlardan qiziqroq ko‘rinmoqda.
Bu [sakkiz finalchi tizimi] pandemiya bizga tortiq etgan qiziqarli loyihalardan biri bo‘ldi. Shu formatni tanlashga to‘g‘ri keldi. Shunday o‘ynashga majbur bo‘ldik, biroq natijada juda qiziq tizimga ega bo‘ldik.
Hozirda sakkiz finalchi tizimini taqvimga joylashtirish juda qiyin. Biroq odamlarga tomoshabob o‘yinlar kerakligini tushundik. Shunday ekan buni o‘ylab ko‘rish kerak. Sentabr yoki oktabr oyida bu masalani jiddiy muhokama qilamiz.
Garchi o‘yinlar kamaysa-da, ularning qiymati oshishi mumkin. Futbol olamidagi do‘stlarimdan qo‘ng‘iroq va xatlar tinmayapti. Ular bu formatdan zavqlanmoqda.
Hafta davomida musobaqa butun dunyo nigohi ostida bo‘ladi va bu fantastikaga aylanishi mumkin, ammo ko‘ramiz. Taqvim juda tig‘iz, futbolchilar yil davomida deyarli 365 kun o‘yin o‘tkazadi. Agar qaror qabul qilinsa uni qanday amalga oshirish borasida o‘ylash kerak.
Biroq yana qaytaraman, bu qiziqarli format, biz avvallari buni tasavvur ham qilib ko‘rmagandik, endi esa xayoldan ketmayapti. Shunday ekan, majlisda buni muhokama qilamiz.
Aleksandr Cheferin, UEFA prezidenti
Eslatib o‘tamiz, pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffus sabab Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi o‘yinlari chorak finaldan boshlab sakkiz finalchi tizimida o‘tkazildi. Unda pley-off o‘yinlari bir uchrashuvdan iborat bo‘ldi.
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *