Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. «Spartak» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 3-o‘ringa chiqib oldi

RPL. «Spartak» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 3-o‘ringa chiqib oldi

Автор: admin

Rossiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Spartak» o‘z maydonida «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Serkeyraning goliga mezbonlardan Larsson va Sobolev javob berishdi. «Spartak» safida o‘zbekistonlik Oston O‘runov zaxirada qoldirildi.
G‘alabadan so‘ng «Spartak» ochkolarini 8taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Lokomotiv» esa 7 ochko bilan 4-pog‘onaga tushib ketdi.
RPL, 4-tur
Spartak – Lokomotiv 2:1

23 avgust, «Otkritiye Arena»
Gollar: Larsson (53), Sobolev (81) – Serkeyra (10).
Spartak – Maksimenko, Jigo, Jikiya, Maslov, Ayrton, Zobnin, Kral, Umyarov (Yeshenko, 90+2), Bakayev (Glushenkov, 79), Larsson (Til, 90+2), Ponse (Sobolev, 59). 
Lokomotiv – Gilerme, Ribus, Chorluka, Serkeyra, Ignatev, Miranchuk, Miranchuk (Ribchinskiy 36, Lisakovich 85), Krыxovyak, Barinov (Magkeyev, 18), Eder (Kamano, 84), Smolov (Jemaletdinov, 85).
Ogohlantirishlar: Barinov (7), Ribus (42), Krixovyak (44), Chorluka (69), Ribchinskiy (80), Umyarov (86).
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *