Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» prezidentligiga nomzod klubga Kloppni olib kelmoqchi

«Barsa» prezidentligiga nomzod klubga Kloppni olib kelmoqchi

Автор: admin

"Barselona" prezidentligiga nomzod Jordi Farre "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi lavozimiga Ronald Kumanning tayinlanishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Kumanning tayinlanishi — to‘g‘ri qarormi?
— Ha, Kuman — "Barselona" afsonasi ekanini inobatga olganda, yaxshi qaror. Uning xarakterini inobatga olganda, u hozirda jamoaga kerakli inson. Unga omad tilayman. Chunki uning oldida murakkab vazifa turibdi.

— Sizning murabbiyingiz ham Kumanmi?
— Agar Kuman yaxshi ishlasa, albatta jamoani boshqarishda davom etadi. Lekin bizda ham reja bor. Biz Yurgen Klopp bilan bir necha marta aloqaga chiqdik. Chunki, nazarimizda "Barsa"ga shunday murabbiy kerak", — dedi Jordi Farre.
Manba: ua-football.com
71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *