Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourinyo «Tottenxem» transfer bozoridagi ishidan qoniqish hosil qilmoqda

Mourinyo «Tottenxem» transfer bozoridagi ishidan qoniqish hosil qilmoqda

Автор: admin

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Tottenxem»ning yozgi transfer bozoridagi ishidan qoniqish hosil qilmoqda. "Shporlar" yozda Pyer-Emil Xoybyerg va Jo Xart bilan shartnoma imzolashdi.

«Klub transferlarni amalga oshirish uchun juda aqlli vaqtni topdi. Bu Pyer uchun shartnomasining oxirgi yili edi. Uning jamoasi muzokara nuqtai nazaridan murakkab ahvolda edi. Janob Levi esa bizga shunday o‘yinchini olib berib, ajoyib ishni amalga oshirdi.

O‘ylashimcha, rahbariyat o‘z ishini ajoyib darajada uddaladi. Chunki ular jamoaning kuchli bo‘lishini istashmoqda. Endi safimizda Xart ham bor. U terma jamoa safida 75ta o‘yinda maydonga tushgan. U katta tajribaga ega.

«Tottenxem» safida yaxshi darvozabonlar bor. Bu borada xotirjam uxlashingiz mumkin. Chunki endi har qanday jarohat yoki muammoni hal qilishimiz mumkin. Boisi, ixtiyorimizda 3 nafar yaxshi darvozabon mavjud», — dedi Mourinyo.
Manba: sport.ua
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *