Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Tuxel: «Messini «PSJ»da ko‘rishdan xursand bo‘lamiz»

Tuxel: «Messini «PSJ»da ko‘rishdan xursand bo‘lamiz»

Автор: admin

«PSJ» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Barselona» hujumchisi Lionel Messining Parij klubiga o‘tishi ehtimoli haqida gapirdi.
«Albatta, Messini «PSJ»da ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Qaysi murabbiy «Messi kerakmas» deb ayta oladi. Ammo u faoliyatini «Barselona»da yakunlaydi, deb o‘ylayman. U – janob «Barselona». 
Ko‘p o‘yinchilarni yo‘qotdik. Endi jamoani to‘ldirish uchun transfer oynasidan unumli foydalanishimiz kerak. Yangi mavsum tanaffuslarsiz juda qiyin bo‘ladi. Biz kuchli jamoa yaratishimiz kerak», – deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi BT Sport.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi ECHL chorakfinalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga (2:8) qarshi bahsdan so‘ng «Barselona»ni tark etish istagini bildirgandi.
69   
Добавить комментарий
Ваше имя: *