Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barsa» klubdan ketmoqchi bo‘layotgan Messi uchun aqlbovar qilmas shart qo‘ydi

«Barsa» klubdan ketmoqchi bo‘layotgan Messi uchun aqlbovar qilmas shart qo‘ydi

Автор: admin

«Barselona» klubdan ketishni o‘ylayotgan Lionel Messini har qanday holatda ham jamoada olib qolishga urinmoqda. 
Mundo Deportivo’ning yozishicha, klub prezidenti Jozep Bartomeu va direktorlar kengashi Messini sotish variantini keskin rad etmoqda. Argentinalik futbolchi o‘zini transferga qo‘yish borasida klubga so‘rov jo‘natgan taqdirda ham, «Barselona» Messi uchun aqlbovar qilmas qiymat - 700 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga rozi bo‘ladigan klubga goleadorini qo‘yib yubormoqchi. 
Klub rahbariyati va yangi murabbiylar shtabi 33 yoshli Messini jamoaning asosiy yetakchisi sifatida ko‘rmoqda. Bundan tashqari, klub Lionel bilan bog‘liq yirik homiylik shartnomalarini qo‘ldan chiqarmoqchi emas. 
Avvalroq, «Barselona» yetakchisi klub bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan uchrashuv o‘tkazgani va unda Messi yangi murabbiyga klubdan ketish istagani ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 
Eslatib o‘tamiz, Messiga «PSJ», «Inter» va «Manchester Siti» klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lum qilingandi.
82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *