
Shuningdek, klub rahbariyatiga Suaresga yig‘inlarning boshlanish sanasi haqida ma’lumot bermagan.
«Barselona» huquqshunoslari tez orada hujumchi bilan shartnomani bekor qilish maqsadida uning agentlari bilan uchrashishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Suaresning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2021 yilda yakuniga yetadi.
Avvalroq futbolchi «Ayaks»ga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatilgan edi.
Suares 2014 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Iyul oyida u kataloniyaliklar safidagi 195-golini urib, klub tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Luis La liganing joriy mavsumida 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi.
Manba: sports.ru