Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Paxtakor» «Lokomotiv» bilan o‘yinda mavsumdagi eng yirik hisobli g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. «Paxtakor» «Lokomotiv» bilan o‘yinda mavsumdagi eng yirik hisobli g‘alabani qo‘lga kiritdi

Автор: admin

Superliga 12-turi doirasida «Paxtakor» «Lokomotiv» jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
«Lokomotiv» stadionida kechgan bahsda Shota Arveladze jamoasi Dilshod Nuraliyev shogirdlarini ayab o‘tirishmadi. Cheran, Hamdamov, Masharipov bittadan, Derdiyo‘q va Sergeyev esa ikkitadan gol urib, Superliganing 2020 yilgi mavsumining eng yirik hisobli g‘alabasini qayd etishdi – 7:0.
Ushbu g‘alaba bilan «Paxtakor» ochkolari sonini 31taga yetkazib peshqadamlikni mustahkamlagan bo‘lsa, «Lokomotiv» 12 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 12-tur. 24 avgust
«Paxtakor» - «Lokomotiv» - 7:0

Toshkent, «Lokomotiv» stadioni.
Gollar: Dragan Cheran 11, Igor Sergeyev 13, 29, Dostonbek Hamdamov 32, Derdiyo‘q 47, 63, Masharipov 50.
Bosh hakam: Vadim Agishev
«Paxtakor»: 25. Eldor Suyunov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Anzur Ismoilov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran (99. Javohir Sidiqov, 46), 11. Igor Sergeyev (77. Eren Derdiyo‘q, 46), 15. Yegor Krimets (23. Sherzod A’zamov, 46), 17. Dostonbek Hamdamov (8. Asadbek Sobirjonov, 68), 20. Odil Hamrobekov (21. Abror Ismoilov, 62), 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Farrux Sayfiyev.
«Lokomotiv»: 35. Javohir Ilyosov, 4. Shahzod Shaymanov (6. Davron Umirov, 54), 7. Kaxi Maxaradze, 8. Vadim Afonin (18.Ibrohim G‘anixonov, 67), 10.Marat Bikmayev (83. Asadbek Ergashev, 35), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (9. Kirill Pogrebnyak, 67), 25.Javohir Alijonov (19. Avazbek O‘lmasaliyev, 54), 26.Dilshod Komilov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 77.Diyor Turopov, 80. Farrux Ibrohimov.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *