Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Qo‘qon-1912» 90-daqiqada gol urib, «Vodiy derbisi»da g‘alaba qozondi

Superliga. «Qo‘qon-1912» 90-daqiqada gol urib, «Vodiy derbisi»da g‘alaba qozondi

Автор: admin

O‘zbekiston chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» va «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi «Vodiy derbisi»da Baxtiyor Ashurmatov shogirdlarining qo‘li baland keldi. Birinchi bo‘limda Ivan Yosovich hisobni ochdi, ikkinchi taym o‘rtalarida andijonliklardan Jamshid Hasanov penaltidan hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Murod Xolmuhammedov ham penaltidan unumli foydalandi va qo‘qonliklarga 3 ochko keltirdi.
G‘alabadan so‘ng «Qo‘qon-1912» ochkolarini 22taga yetkazib, 3-o‘ringa chiqib oldi. «Andijon» esa 6 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.
Superliga, 12-tur
Qo‘qon-1912 – Andijon 2:1
24 avgust, «Jar» stadioni

Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Olim Abduvosilov, Aleksandr Sidorov, Farruh Yansupov.
Gollar: Ivan Yosovich (17), Murod Xolmuhammedov (90, penalti) – Jamshid Hasanov (64, penalti).
Qo‘qon-1912 – 1.Botirali Ergashev, 3.Bobur Akbarov, 9.Suxrob Berdiyev, 14.Avaz Mamatxo‘jayev (70.Murod Holmuxammedov, 75), 15.Oybek Rustamov, 19.Xamidillo Abduxamidov (7.Shoxnazar Norbekov, 57), 22.Muxammadanas Hasanov (13.Sardor Azimov, 75), 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 69.Filipp Rayevats (10.Quvondiq Ro‘ziyev, 46), 91.Yakuba Bamba (20.Iqbol Malikjonov, 57).
Andijon – 16.Eldor Adhamov, 22.Usmonali Ismonaliyev, 3.Azamat Isroilov, 9.Emmanuel Arivachukvu, 4.Farhod Mirahmatov, 11.Siroj Meliyev,6.Baxtiyor Qosimov, 33.Doniyor Abdumannopov, 7.Jamshid Hasanov, 10.Artyom Litvyakov, 23.Timur Usmanov (80.Shaxboz Jumaboyev, 73). 
Ogohlantirishlar: Siroj Meliyev (8), Usmonali Ismonaliyev (30), Bobur Akbarov (33), Yakuba Bamba (50).
75   
Добавить комментарий
Ваше имя: *