Goal24.uz » Transfer » «Chelsi»ga Germaniyadan yana bir hujumchi kelmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

«Chelsi»ga Germaniyadan yana bir hujumchi kelmoqda. So‘nggi transfer xabarlari

Автор: admin

«Chelsi» «Bayer» yarimhimoyachisi Kay Haverts transferi borasida kelishuvga erishgan. Ayni vaqtda nemis futbolchisi transferi bo‘yicha so‘nggi detallar muhokama qilinyapti. Guardian nashri xabariga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun 80 million yevro to‘laydi, shuningdek, yana 20 million yevro turli ko‘rinishdagi bonuslar nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, «Chelsi» darvoza chizig‘iga ham nomzodlarni faol tarzda ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlar bor. Daily Mail manbasi xabar berishicha, «Renn» posboni Eduar Mendi bu ruyxatda asosiy o‘rinni band etgan. U so‘nggi mavsumni juda ishonchsiz o‘tkazgan Kepa Arrisabalaganing o‘rnini egallashi mumkin. «Short list»da shuningdek, «Lill»dan Mayk Manyan va «Byornli» darvozaboni Nik Poup ham o‘rin olishgan. 
«Milan» darvozaboni Pepe Reyna esa faoliyatini «Latsio»da davom ettiradi. Jurnalist Nikola Skiraning yozishicha, Rim klubi 37 yoshli Reyna bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, ispaniyalik posbon 1,8 million yevro miqdorida yillik maosh oladi. O‘tgan mavsumda darvozabon A Seriyada atigi 1 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol o‘tkazib yuborgandi.
«Spartak» markaziy yarimhimoyachisi Gus Til PSVga o‘tishga yaqin turibdi. Metaratings ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi allaqachon bunga rozilik bergan, hozirda klublar ijara shartnomasi yuzasidan muzokara o‘tkazishmoqda. 22 yoshli Til ikki yil oldin Niderlandiyaning boshqa bir klubi – AZ «Alkmar»dan 16 million yevroga sotib olingandi. U o‘tgan mavsumda RPLda 18 o‘yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 3 assistni amalga oshirdi.
«Barselona» chap qanot himoyachisi Jordi Albaga o‘rinbosarlarni ko‘rib chiqmoqda. «Valensiya» a’zosi Xose Luis Gayya hozircha asosiy variant sifatida qaralmoqda. 25 yoshli literalning taxminiy bahosi 40-50 million yevro atrofida.

Bundan tashqari, «Manchester Siti» vakili Anxelino varianti ham bor. Mavsumning ikkinchi yarmini «Leypsig» safida ijarada o‘tkazgan futbolchi juda ishonchli harakat qilib, jamoasi YeCHL yarimfinaliga chiqishida katta yordam bergandi. Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, inglizlar ushbu futbolchisini 30 million yevro atrofida baholamoqda. Agar Kuman 23 yoshli futbolchini olib kelishga qarshi bo‘lmasa, «shaharliklar» muzokaralar uchun ochiq. Chunki Pep qo‘l ostida Anxelino o‘z pozitsiyasi uchun Zinchenko, Konselu va Mendidan keyin to‘rtinchi variantdir.
«Monako» Frank Kanute bo‘yicha muzokaralarni nihoyasiga yetkazdi. «Peskara» safida to‘p surgan 21 yoshli yarimhimoyachi uchun klub 2 million yevro to‘laydi. Skiraning yozishicha, senegallik futbolchining transfer huquqining ellik foizi «Yuventus»ga tegishli. Demak, bir million yevro turinliklar g‘aznasiga tushadi. O‘tgan mavsumda ushbu havbek V Seriyada 18 o‘yinda maydonga tushgan.
«Atalanta» yetakchi hujumchisi Duvan Сапатаning transfer summasini ma’lum qildi. 29 yoshli hujumchini o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan klub kamida 55 million yevro sarflashi kerak. La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, Sapataga «Yuventus», «Atletiko», «Barselona» va bir qator ingliz klublari ham da’vogarlik qilishyapti. O‘tgan mavsumda kolumbiyalik hujumchi 28 o‘yinda qatnashib, 18 gol urdi va 7 marta sheriklariga golli uzatma amalga oshirdi.
Emeri boshqaruvidagi «Vilyarreal» tarkibini kuchli yarimhimoyachilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Sky Sport Italia nashri ma’lumotiga ko‘ra, bu safar «sariq submarinalar» Xose Kalexon bilan kelishuvga erishdi. Shu oy oxirida erkin agent sifatida «Napoli»ni tark etadagin 33 yoshli vinger yetti yil oldin «Real»dan Italiyaga ketgan edi. So‘nggi mavsumda u A Seriyada 33 uchrashuvda qatnashdi va 4 gol va 7 assistni amalga oshirdi.
«Napoli»ning yana bir hujumkor yarimhimoyachisi Amin Yunus esa, Bundesligaga qaytish arafasida. Jurnalist Janluka di Marsioning yozishicha, «Fortuna» klubi 27 yoshdi futbolchini bir yillik ijaraga olmoqchi. O‘tgan mavsumda Yunus A Seriyada atigi 9 o‘yinda maydonga tushdi va 1 gol urdi.
«Liverpul» yana bir braziliyalik darvozabonni o‘z tarkibiga jalb qilish niyatida. Hali kattalar futbolida birorta ham o‘yida qatnashmagan 17 yoshli Marselo «Fluminense»ga tegishli. Nikola Skiraning yozishicha, katta ehtimol bilan u transfer sodir bo‘lganidan keyin ham Braziliyada qoladi va ijara shartnomasi asosida «Fluminense»da shug‘ullanishda davom etadi. Marseloni o‘z tengqurlari ichida eng iqtidorli futbolchi sifatida baholashyapti.
Diyego Kosta «Benfika» safiga o‘tishi mumkin. Lissabonliklar o‘z safiga Edison Kavanini qo‘shib olishga urinib ko‘rayotgan edi, ammo muzokaralar ma’lum bosqichda to‘xtab qolgach, endi e’tibor 31 yoshli ispaniyalik hujumchiga qaratildi. Diyego Kosta so‘nggi mavsumda La Ligada 23 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 4 marta sheriklarining goliga hammualliflik qildi.

«Lids Yunayted» hujum chizig‘iga nomzod izlashda davom etmoqda. Hozirda uch futbolchi nomzodi ko‘rib chiqilmoqda, ular – Odson Eduar («Seltik»), Divok Origi («Liverpul») va Rodrigo Moreno («Valensiya»). Nikola Skiraning yozishicha, APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan klub yangi hujumchi sotib olish uchun 35 million yevro ajratgan.
«Marsel», «Milan», «Sevilya» va Fransiya milliy jamoasidagi o‘yinlari orqali tanish bo‘lgan Odil Rami V Seriyada faoliyatni davom ettirishga yaqin turibdi. 34 yoshli tajribali himoyachi shu yil qishda «Sochi»ga o‘tgandi, ammo u birorta ham o‘yinda qatnashmay, klubni erkin agent sifatida tark etdi. Sportitalia manbasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirda ushbu futbolchi «Redjina» bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Rossiyaning SSKA klubi «Styaua»dan birato‘la ikki vingerni sotib olish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. «Armiyachilar» 21 yoshli Dennis Man va 22 yoshli Florinel Команni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Gazeta Sporturilor nashri ma’lumotiga ko‘ra, ikki futbolchi uchun ruslar jami 12 million yevrodan voz kechishga tayyor.
Avvalroq «Sporting» yarimhimoyachisi Joau Palinya SSKA safiga kelib qo‘shilishi haqida ham ma’lumotlar tarqalgandi. Birmingham Live manbasi yozishicha, 25 yoshli havbek katta ehtimol bilan Angliyaga ketadi va «Vulverhempton» a’zosi sifatida tanishtiriladi.
Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, Luis Suaresga «Barselona»da u qadar ishonishmayapti. Hujumchi Doni van de Бекning transferiga jalb etilishi va klub yosh yarimhimoyachi uchun Suaresga qo‘shib, 20 million yevro berishi mumkin. Luis Suares o‘z vaqtida aynan «Ayaks» safida harakat qilgan va u Yevropadagi faoliyatini aynan Amsterdam klubida yakunlamoqchi ekani haqida ham xabarlar chiqqandi.
192   
Добавить комментарий
Ваше имя: *