Goal24.uz » O'zbekiston » Shota Arveladze: «Bugungi o‘yinimiz «Bavariya» - «Barselona» bahsiga o‘xshadi»

Shota Arveladze: «Bugungi o‘yinimiz «Bavariya» - «Barselona» bahsiga o‘xshadi»

Автор: admin

Superliga 12-turi doirasidagi «Paxtakor» - «Lokomotiv» (7:0) uchrashuvidan keyin amaldagi chempion jamoa bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘yin borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Derbi uchun noodatiy hisob bo‘ldi. Bugungi o‘yinimiz «Bavariya» - «Barselona» (8:2) bahsiga o‘xshab ketdi. Yigitlar uchun xursandman. Qiyin davrdan o‘tib oldik. Yaxshi o‘ynadik va bahsni nazorat qildik. Beshta almashtirish amalga oshirganda o‘yin sur’atini birdek saqlash qiyin, lekin biz buni uddaladik. Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishdi. Ularning shunday yaxshi ishlayotganidan baxtiyorman. «Lokomotiv»ga bunday qiyin holatdan tezroq chiqib olishlarini tilayman. 
Yaqin orada milliy jamoa yig‘ini bo‘ladi. Umid qilamanki, bizning chempionat o‘yinlari hamda Chempionlar ligasi oldidan ma’qul holat topiladi. O‘yinchilar milliy jamoada ham o‘ynashni xohlashadi.
Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar muxlislar uchun o‘ynashda davom etamiz. Raqib, muxlislar hamda o‘z jamoangni hurmat qilish lozim», - deya Arveladzening so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *