Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. «Nasaf» «Bunyodkor» bilan bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Superliga. «Nasaf» «Bunyodkor» bilan bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Автор: admin

Superliga 12-turi doirasidagi «Nasaf» va «Bunyodkor» o‘rtasidagi uchrashuvda jangovar durang qayd etildi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Abduxoliqov o‘z goli bilan Ro‘ziqul Berdiyev jamoasiga ishonchli g‘alaba keltirayotgan edi. Ammo ikkinchi bo‘limda Vadim Abramov tomonidan qilingan o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi. Dastlab zaxiradan maydonga tushgan Suhrob Izzatov hisobni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yin tugashiga besh daqiqa qolganida zaxiradan tushgan Shahboz Erkinov jamoasini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 2:2.
Ushbu durang natija bilan «Bunyodkor» ochkolari sonini 22taga yetkazib 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Nasaf» 20 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.
Superliga. 12-tur. 24 avgust.
Toshkent, «Paxtakor» stadioni.
«Nasaf» - «Bunyodkor» - 2:2

Bosh hakam: Asker Najafaliyev
Gollar: Husayn Norchayev 21, Bobir Abdixoliqov 57 – Suhrob Izzatov 67, Shahboz Erkinov 85.
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev (4.Husniddin Aliqulov, 79), 8.Dilshod Saitov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 19.Husain Norchayev (20.Islom Kenjaboyev, 75), 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov.
«Bunyodkor»: 1. Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 6.Anvar G‘ofurov (34.Suhrob Izzatov, 70), 7.Dilshod Ahmadaliyev, 10.Xurshid G‘iyosov (90.Shahboz Erkinov, 84), 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 48.Valeriy Akopov, 49.Farrux Ikromov.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *