Goal24.uz » O'zbekiston » PFL: «Navbahor»ning 6 nafar futbolchisi va 5 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

PFL: «Navbahor»ning 6 nafar futbolchisi va 5 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

Автор: admin

Seshanba kuni Superligada 12-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Tur doirasida OKMK va “Navbahor” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.
"COVID-19 tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va karantin davridan chiqish vaqtida “Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati va kubogi uchrashuvlarini va mashg‘ulotlar jarayonini qaytadan boshlash” bo‘yicha ishlab chiqilgan Reglamentning 3.2.1 bandiga asosan, toza hudud sanaluvchi stadionga faqatgina kasallikning har qanday simptomi bo‘lmagan shaxslargina qo‘yiladi. Ushbu shaxslarning o‘yin boshlanishiga 48 soatdan kam qolmagan vaqt oralig‘ida COVID-19ga PZR usuli bilan topshirgan testlari natijalari manfiy bo‘lishi lozim.
“Navbahor” jamoasining OKMK bilan bahs oldidan topshirgan testi xulosalariga ko‘ra, klubning 6 nafar futbolchisi, shuningdek 5 nafar xodimida PZR natijalari musbat chiqqan. Shu sababli ayni paytda mazkur futbolchi va xodimlar alohida izolyatsiyaga olingan va shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi. Klub ixtiyorida bo‘lgan qolgan futbolchilarning ahvoli hozircha qoniqarli. O‘zPFL qoshida tashkil qilingan tajribali shifokorlardan iborat komissiya jarayonni to‘liq nazorat qilib bormoqda" - deyiladi PFL xabarida.
Ertangi o‘yinda O‘zPFL komissiyasi a’zolari – Nasiba Alimova va Bobur Abdazov uchrashuv davomida ham “Navbahor” jamoasiga yaqindan ko‘mak beradi.
Qayd etish joiz, mazkur Reglamentning 3.2.2 bandiga ko‘ra, agar jamoa ixtiyorida 16 nafardan kam bo‘lmagan maydondagi futbolchilar va 2 nafar darvozabon bo‘lsa, klub o‘yinga tayyor deya hisoblanadi, - yozadi PFL rasmiy sayti.
64   
Добавить комментарий
Ваше имя: *