Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kuman Suaresdan tashqari yana uch futbolchi bilan xayrlashmoqchi

Kuman Suaresdan tashqari yana uch futbolchi bilan xayrlashmoqchi

Автор: admin

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman yana qaysi futbolchilar bilan xayrlashmoqchi ekanligi oydinlashmoqda.
El Mundo Deportivo’ning yozishicha, niderlandiyalik mutaxassis bir qator futbolchilar bilan telefon orqali gaplashib olgan. Jumladan, Luis Suaresdan tashqari yana Arturo Vidal, Ivan Rakitich va Samyuel Umtitiga ham qo‘ng‘iroq qilib, bu futbolchilarga yangi mavsum rejalaridan o‘rin olmaganliklarini ma’lum qilgan. 
Ma’lumot uchun, Rakitich 2014 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, Umtiti 2016 yildan beri, Vidal esa jamoada 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Avvalroq, Rakitichga «Sevilya» qiziqayotganligi, Umtiti esa faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
78   
Добавить комментарий
Ваше имя: *