Goal24.uz » O'zbekiston » Aleksandr Kasyan: «Paxtakor»dan taklif bo‘lganida, viloyat hokimi «Navbahor»da qolib yordam berasan degandi, ammo...»

Aleksandr Kasyan: «Paxtakor»dan taklif bo‘lganida, viloyat hokimi «Navbahor»da qolib yordam berasan degandi, ammo...»

Автор: admin

«Navbahor» klubi sobiq hujumchisi Aleksandr Kasyan o‘tgan mavsum unga «Paxtakor»dan taklif bo‘lganligi hamda nima uchun Namangan jamoasini tark etganligini ma’lum qildi. 
«Navbahor»da qolishim ham mumkin edi. O‘tgan mavsum birinchi davrada yaxshi harakat qildik. Ishlar bir maromda ketayotgan edi. Ikkinchi davrada esa, ishlarimiz uncha yurishmadi. «Navbahor»dan ketishimga bir emas, bir nechta sabablar bor. Namangan viloyati hokimi Xayrulla Hayitbayevich bilan uchrashdim. «Paxtakor» jamoasidan taklif bo‘layotganini aytdim. Hokim menga «Navbahor»da qolib, bizga yordam berasan, sen bilan yangi shartnoma imzolaymiz» dedi. Shundan keyin jamoada murabbiylar almashishi boshlandi. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng esa, viloyat hokimi menga boshqa jamoaga ketishim mumkinligini aytdi va omad tiladi. Shu o‘rnida meni qo‘llab-quvvatlagan viloyat hokimi Xayrulla Xayitbayevichga, «Navbahor» jamoasi muxlislariga, murabbiylar shtabiga, barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ularga bu mavsumda ham omad tilayman» - dedi Kasyan «Surxon» klubi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Kasyan 2019 yilgi mavsumda «Navbahor» safida Superligada 24 o‘yinda 10ta golga mualliflik qilgandi. 2020 yilgi mavsum oldidan esa 30 yoshli ukrainalik hujumchi Termizning «Surxon» klubi safiga qo‘shildi.


212   
Добавить комментарий
Ваше имя: *