Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Mundo Deportivo: «Manchester Yunayted» Ansu Fati uchun 170 million yevro to‘lashga tayyor

Mundo Deportivo: «Manchester Yunayted» Ansu Fati uchun 170 million yevro to‘lashga tayyor

Автор: admin

«Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» klubi bilan yarim himoyachi Jeydon Sanchoning transferi borasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng o‘z e’tiborini «Barselona» hujumchisi Ansu Fatiga qaratdi.

"Mundo Deportivo" tarqatgan xabarga ko‘ra, angliyaliklar 17 yoshli futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 170 million yevro miqdoridagi badal pulini to‘liq to‘lab, uni qo‘lga kiritishmoqchi.

O‘z navbatida, kataloniyaliklar esa o‘z tarbiyalanuvchisi bilan yangi shartnoma imzolab, uning badal pulini 400 million yevroga ko‘tarib qo‘yishmoqchi.

Fati yakunlangan mavsumda "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 33ta o‘yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Oktyabr oyida u 18 yoshga to‘ladi.
Manba: bombardir.ru
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *