Goal24.uz » Jahon » Ronaldinyo ozodlikka chiqarildi

Ronaldinyo ozodlikka chiqarildi

Автор: admin

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldinyo va uning akasi Paragvay sudi qarori bilan ozodlikka chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldinyo va uning akasi Roberto de Assish 7 mart kuni Paragvay mamlakatiga soxta pasport bilan kirgani uchun mahalliy polisiya tomonidan hibsga olingan edi. Avvaliga ular qamoqxonaga tashlangan bo‘lsa, aprel oyida ular 1,6 million dollar garov puli evaziga uy qamog‘iga o‘tkazilishgan edi. Shunday buyon ular Asunsyondagi mehmonxonada yashab kelishayotgan edi.

24 avgust kuni esa Paragvay sud prokuraturaning Ronaldinyo va uning akasiga qamoq jazosini tayinlamaslik haqidagi iltimosnomasini qondirishga qaror qildi. Ular jarima bilan qutulib qolishadi. Ronaldinyo 90 ming dollar to‘laydi, shundan 60 ming dollari koronavirusga qarshi kurash uchun yo‘naltirilsa, 30 mingi xayriya jamg‘armaga o‘tkazib beriladi. Futbolchining akasiga esa 200 ming dollar jarima solindi. Bu pulga Paragvaydagi qamoqxonalarda pandemiyaga qarshi kurash vositalari xarid qilinadi.

Bundan tashqari, Roberto har 4 oyda o‘z mamlakat sud organlariga tashrif buyurib turishi kerak. Ronaldinyoga esa bunday majburiyat yuklanmadi.
Manba: sport24.ru
65   
Добавить комментарий
Ваше имя: *