Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi eng so'ngi yangliklar

Transfer olamidagi eng so'ngi yangliklar

Автор: admin

Arturo Vidalning kelajagi aniq bo‘ldi

“Barselona” jamoasining chililik yarimhimoyachisi Arturo Vidal qishki transfer oynasi ochilishi bilan sotuvga qo‘yiladi.
“Calcio mercato” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, klub futbolchini borasidagi istalgan takliflar uchun ochiq ekanligini e’lon qilgan. Ayni damda Vidal uchun Italiyaning “Inter” va “Yuventus” jamoalaridan takliflar mavjud.
“Barselona” yarim himoyachining transferidan 20-25 million yevro atrofida ishlab olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining o‘zi ham klubni tark etishga qarshi emas. Boz ustiga Italiyadan tushgan takliflardan birini qabul qilishi haqida o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vidal ushbu mavsumda 13 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
“Barselona” Kante uchun kurashdan chiqdi

Kataloniya super klubi “Chelsi” yarim himoyachisi uchun kurashga qo‘shilgani haqida avvalroq xabar bergan edik. “MundoDeportivo” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” o‘z yarim himoyachisini 100 million yevro atrofida baholamoqda. Katoloniyaliklar esa, 28 yoshlik futbolchi uchun bu summani to‘lashni istashmadi va Kante uchun kurashdan chiqishganini rasman e’lon qilishdi.
Ayni damda Kante uchun PSJ, “Yuventus” va “Real Madrid” jamoalari qizg‘in kurash olib borishmoqda va imkoniyat Madrid klubida yahshiroq. Gap shundaki, Kantening o‘zi “Real” safida to‘p surishni avzal ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Ngolo “Chelsi” libosida APL baxslarining 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 3 ta golga mualliflik qildi.
“Liverpul”dan bomba transfer

Angliyaning “Liverpul” jamoasi qishki transferlar chog‘ida yana bir katta transferni amalga oshirishga harakatni boshlab yubordi.
Taniqli “Bild” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda klub dunyoning eng iqtidorli fubolchilaridan biri Kay Haversni “Liverpul”ga olib kelish ishlarini boshlab yuborgan.
Germaniyalik iqtidorni “Bayer” qishki transfer oynasi chog‘ida qo‘yib yubormoqchi emas. Ayni damda butun jamoa uning atorida qurilgan bo‘lib, Haversning jamoada qolishi juda muhim.
Shu sababli, klub rahbarlari futbolchining agenti bilan uchrashdi va transferni kelasi yil yozda amalga oshirish borasida kelishuvga erishgan. Katta ehtimol bilan ushbu transfer “Livepul” uchun 50-60 million funt sterlingga tushadigan ko‘rinadi. Futbolchi bilan shaxsan Yurgen Kloppning o‘zi qiziqib qolgani bois, rahbariyat har qanday xolatda ham transferdan voz kechmoqchi emas.
Esaltib o‘tamiz, “Liverpul” qishki transferlar chog‘ida o‘zining ilk transferini amalga oshirdi. Qit’adoshimiz iqtidorli Takumi Minamino jamoa safiga kelib qo‘shildi.
“Valensiya” “shaharliklar” himoyachisiga ko‘z tikdi

Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi rahbarlari “Manchester Siti” qanot himoyachisi Joa Konseluni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
TMWnashri tomonidan tarqatilgan axoborotlarga qaraganda ispan klubi himoyachini ijaraga olishni istamoqda. Konselu uchun “Valensiya” begona emas. Qahramonimiz 2014-2018-yillar davomida “ko‘rshapalaklar” safida omadli to‘p surgan.
Ayni damda portugaliyalik fulbek Manchester shahrida deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Manbaning xabar berishicha, agar klub rahbariyati rozi bo‘lsa, “Valensiya” ijara shartnomasiga mavsum so‘nggida xarid qilish bandini ham qo‘shib qo‘ymoqchi. “Valensiya”ning taklifiga “Manchester Siti” hozircha javob qaytargani yo‘q, biroq tez orada bu transfer haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Joa Konselu o‘tgan yozda klub safiga “Yuventus”dan kelib qo‘shilgan va jamoa uning transferi uchun 65 million yevro to‘lagan edi. Futbolchi va jamoa o‘rtasidagi shartnoma esa, 2025-yilda o‘z yakuniga yetadi.
“Manchester Siti” “Arsenal”dan tavon puli talab qilmoqda

Londonning “Arsenal” jamoasi Mikel Artetani jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashga yaqin turgani haqida xabar berib o‘tgan edik.
“SkySport” nashri bergan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, “shaharliklar” Arteta uchun “Arsenal”dan tavol puli talab qilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, klub va ispaniyalik mutaxassis o‘rtasida tuzilgan shartnomada aynan shu band mavjud ekan. Murabbiy o‘z shartnomasi tugashidan avvalroq boshqa klubni boshqarishni istasa, uning yangi jamoasi “Manchester Siti” uchun 2 million yevro to‘lab berishi lozim.
“Arsenal” klubining rasmiy sayti bu summa to‘lanishini va murabbiy tez orada rasman e’lon qilinishi haqida bayonet berib o‘tdi.
1 074   
Добавить комментарий
Ваше имя: *