Goal24.uz » Европа жамоалари » Italiya » «Milan» Pyontek masalasida «Tottenhem» va «Atletiko»ga rad javobini berdi

«Milan» Pyontek masalasida «Tottenhem» va «Atletiko»ga rad javobini berdi

Автор: admin

«Milan» klubi o‘z hujumchisi Kshishtof Pyontek bo‘yicha faqatgina transfer takliflarini ko‘rib chiqadi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko‘ra, Londonning «Tottenhem» va Madridning «Atletiko» klublari polshalik futbolchini ijaraga olish borasida taklif bilan chiqishgan, ammo italiyaliklar ijaraga berish varianti ko‘rib chiqilmasligini, faqat transfer taklifi ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan. 
«Milan» klubi 24 yoshli polshalik hujumchisini 30 million yevroga sotmoqchi. Oldinroq, «Manchester Yunayted»dagi qator jarohatlar sabab klub Pyontek masalasida «Milan»ga taklif bilan chiqishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Kshishtof Pyontek «Milan» safiga 2019 yilning yanvar oyida «Jenoa» klubidan 38 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. 24 yoshli forvard ushbu mavsumda 18 o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga mualliflik qilgan.


107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *