Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Inter» «MYU» taklifini rad etdi

«Inter» «MYU» taklifini rad etdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted»ning «Inter» yarimhimoyachisi Matias Vesino transferi borasidagi taklifiga milanliklar rad javobini berishdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

«Angliya klubi 28 yoshli xavbekni mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo‘yicha taklif bilan chiqdi, ammo Italiya klubi rad javobini berdi. Ole-Gunnar Sulsher jarohati tufayli safdan chiqqan Pol Pogba va Skott Maktomineyning o‘rnini aynan Vesino bilan to‘ldirmoqchi bo‘lgan.
Milan klubining «Yunayted» so‘rovini rad etishiga sabab, bosh murabbiy Antonio Konte Vesinoni «Napoli»ga berib, uning o‘rniga neapolliklar xavbeki Allanni «Inter»ga taklif etishni klub rahbariyatidan so‘ragan» - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Vesino joriy mavsumda A Seriyada 14 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va ikki golli uzatmaga mualliflik qilgan.


118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *