Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » «Chelsi» Kepani sotmoqchi, uning o‘rniga nomzod ham topib qo‘ydi

«Chelsi» Kepani sotmoqchi, uning o‘rniga nomzod ham topib qo‘ydi

Автор: admin

«Chelsi» darvozaboni Kepa Arrisabalaganing London klubidagi kelajagi so‘roq ostida turibdi. «Ko‘klar» so‘nggi o‘yinlarda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yayotgan 25 yoshli ispan o‘rniga boshqa darvozabon qidirishmoqda, deb xabar beradi Evening Standard.
Manbaning xabariga, ko‘ra «Chelsi» yozda Angliya milliy jamoasi va «Byornli» posboni Nik Poupni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Agar Poup transferi amalga oshsa, Kepa sotib yuboriladi.
Poup bu mavsumda APLda 23ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 38ta gol o‘tkazib yubordi. Uning «Byornli» bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.


151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *