Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Nyukasl” xorvatiyalik futbolchiga qiziqmoqda
 
Angiliyaning “Nyukasl” jamoasi qishki transferlar chog‘ida “Rio Ave” klubi himoyachisi Toni Borevkovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Bu haqida “A bola” nashri ma’lum qilmoqda. Ayni damda himoyachi Portugaliyada o‘zining ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Uning hizmatlariga shuningdek Portugaliya grandlari ham e’tibor qaratishgan.
Ingilizlar himoyachi uchun 10 million yevrodan kechishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan bo‘lsada, portugaliya klubi futbolchi borasidagi yakuniy qarorini e’lon qilganicha yo‘q.
 
“Chelsi”dan bomba
 
Londonning “Chelsi” klubi o‘z tarixidagi eng ulkan transferga qo‘l urish arafasida turibdi. Jamoa “Borussiya Dortmund” klubi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“TheSun” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” tineydjer uchun 120 million yevrodan voz kechishga tayyor. Bu summa Dortmundliklari yuz foiz qoniqtiradi.
Sanchoning qishda jamoani tark etish ehtimoli kam bo‘lishiga qaramay, unga bo‘lgan talab kattaligi uchun “Chelsi” uni yanvardayoq qo‘lga kiritishga urunib ko‘radi. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Sanchoning transferini shaxsan Raman Abramovichning o‘zi amalga oshirishga vada bergan.
“Roma”ga yarim himoyachi kerak

Rimning “Roma” jamoasi jarohat olgan Zaniolaning o‘rnini bosuvchi futbolchini izlashda davom etmoqda. Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, “bo‘rilar” radariga Germaniyaning “Gerta” klubi yarim himoyachisi Yavayro Dilrosun tushib qolgan. Italiya jamoasi futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, gollandiyalik futbolchi ushbu mavsumda Bundesliganing 14 ta o‘yinida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozib qo‘ydi. Shuningdek 4 ta assist ham.
Dias ketadimi


Madridning “Real” jamoasi qishki transferlar chog‘idayoq klubga keraksiz deb topilgan Mariano Diazdan qutilishi mumkin. Ayni damda, futbolchiga «Real Sosyedad» klubi jiddiy e’tibor qaratgan. “San-Sebastianliklar” Diazni “Tottenhem”ga yo‘l olishi tahmin qilinayotgan Villiam Jozening o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.
Marca nashri berman ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenhem” Joze uchun 20 million yevrodan ko‘p bermoqchi emas, biroq ispanlar o‘z futbolchisini 50 millionga baholamoqda. Agarda, bu transfer amalga oshmasa, Diazning Madridda qolishdan boshqa chorasi yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, dominikanlik hujumchi ushbu mavsumda hali birorta o‘yinda maydonga tushganicha yo‘q.
Kavani uchun kurash avjida!


Parijning PSJ klubi hujumchi Edinson Kavani bir nechta top klublarning e’tibor markazida turibdi. “TheTimes:” nashri bergan ma’lumotllarga ko‘ra, Londonning “Chelsi” jamoasi ham ular safiga qo‘shildi.
“Aristokratlar” parijliklarga urugvaylik hujumchi borasida ilk taklifni yuborishga ham ulgurdi. Unga ko‘ra, klub PSJga Edinsonning maoshini to‘liq to‘lab berish sharti bilan ijaraga olmoqchiligini ma’lum qilgan. Ayni damda, Kavaning haftalik maoshi 360 ming yevroga teng ekanligini inobatga olsak, bu kichik summa emas. Shunday bo‘lsada, PSJ o‘z hujumchisi uchun 23 million yevro to‘lashlarini talab qilmoqda. Tez orada muzokarlarning ikkinchi qismi boshlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kavani ushbu mavsumda atigi 9 ta o‘yinda ishtirok etdi va ikki bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi.
Sebalos “Arsenal”nit ark etmoqchi

Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Dani Sebalos qishki transferlar chog‘idayoq ortga qaytishni istamoqda. Ispaniyalik pleymeyker yangi murabbiy qo‘l ostida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Qahramonimiz “Evro 2020” musobaqasidan qolib ketmaslik uchun ko‘proq maydonga tushishni rejalashtirgan.
Ispaniyaning AC nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Dani bu borada klub bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan suhbatlashishga ham ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Sebalos 17 ta o‘yinda ishtorok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ydi.
250   

Shuningdek tavsiya qiling

17-01-2020, 07:22

Transfer olamidagi yangiliklar

24-12-2019, 08:10

Transfer olamidagi yangiliklar

18-12-2019, 21:07

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *