Goal24.uz » Европа жамоалари » Rossiya » «Rostov» Latviya klubini mag‘lub etdi

«Rostov» Latviya klubini mag‘lub etdi

Автор: admin

Mavsumning ikkinchi qismiga Birlashgan Arab Amirliklarida tayyorgarlik olib borayotgan «Rostov» klubi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Shu kuni «Rostov» jamoasiga Latviyaning «Riga» klubi raqiblik qildi. Uchrashuvda Valeriy Karpin jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahsda ham «Rostov» safida Eldor Shomurodov maydonga tushirilmadi. O‘zbekistonlik hujumchi jamoasi safida mashg‘ulotlarda alohida shug‘ullanmoqda.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 24 yanvar
«Rostov» – «Riga» (Latviya) – 3:1
Gollar: Yeremenko (27), Yeremenko (42), Mamayev (63, penaltidan).
«Rostov» (1-bo‘lim): Baburin, Logashov, Chistyakov, Kojemyakin, Chernov, Bayramyan, Normann, Yeremenko (k), Osinov, Zaynutdinov, Saplinov.
«Rostov» (2-bo‘lim): Pesyakov, Kozlov, Vedernikov, Xadjikadunich, Osipenko, Mamayev, Popov, Cherkes, Ionov, Proshlyakov, Dolgov.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov «Rostov» - «Paxtakor» (1:1) uchrashuvida ham maydonga tushmagandi.


165   
Добавить комментарий
Ваше имя: *