Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi eng so'ngi yangliklar.

Transfer olamidagi eng so'ngi yangliklar.

Автор: admin

“Manchester Yunayted” ikki futbolchini qo‘lga kiritmoqchi
“The Sun” nashri xabar berishicha, ushbu qishki transfer oynasi chog‘ida “Manchester Yunayted”ning rejasi to‘liq ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, klub yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Xuan Mataning o‘rnini “Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Erikson bilan to‘ldiradi. Shuningdek, o‘tgan yozda jamoani tark etgan Lukakuning o‘rniga Erling Holand harid qilinadi. Ushbu transferlarga rahbariyat tomonidan ruhsat berildi va klub sport direktori tez orada ishga kirishadi.
Xoland borasida deyarli barcha muzkoralar ijobiy yakunlangan bo‘lsada, Eriksonning transferi biroz cho‘zilishi mumkin. Gap shundaki, “Tottenhem” o‘z yarim himoyachisi bilan tuzilgan shartnoma 6 oydan so‘ng o‘z yakuniga yetishiga qaramay 25 million yevro tavon puli talab qimoqda. “Qizil iblislar” Eriksonning transferiga 15 million yevro taklif qilishmoqchi. Voqealar rivoji kuzatishda davom etmiz.
Dris Mertens Bundesligaga yo‘l olishi mumkin

Italiyaning “Napoli” jamoasidagi uzoq yillik faoliyati orqali barchamizga tanish Dris Mertens o‘z faoliyatini Bundesligada davom ettrishga yaqin turibdi.
Belgiyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi ushbu yozda o‘z yakuniga yetadi va jamoa uni qishki transferlar chog‘ida sotib yuborishga qaror qilgan. Futbolchi va klub rahbarai De Laurentis o‘rtasidagi janjal sababli shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan 32 yoshlik hujumchi atayin boshqa chempionatga yo‘l olmoqchi.
“Napoli” klubi muxlislariga bo‘lgan hurmati sababli boshqa bir Italiya klubida to‘p surishni istamayapti. Ayni damda Mertensga “Borussiya Dortmund” jamoasidan taklif kelib tushgan.
"Football Italia" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Mertens nemis klubi bilan kelishib olgan va mavsum yakunlangach erkin agent maqomida Bundesligaga yo‘l oladi.
Mandjukich Qatarda?!

Tez orada “Manchester Yunayted”da ko‘rinish berishi tahmin qilingan hujumchi Mario Mandjukichning rejalari o‘zgarib ketdi.
“Qizil iblislar” bor e’tiborlarini Erling Xolandga qaratgani bois, Mandjukich transferidan voz kechildi va xorvatiyalik futbolchi Qatar klubi bilan shartnoma imzolash uchun Doxaga uchib ketdi.
"Goal.com" sayti bergan xabarlarga ko‘ra, Mandjukichning yangi jamoasi Xavi boshqaruvidagi “Al Sadd” deb tahminin qilinmoqda. Ushbu transferning to‘liq tafsilotlari bilan tez orada tanishirib o‘tamiz.
“Chelsi”ga “Real Madrid” futbolchisi kerak
Londonning “Chelsi” jamoasi “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida taniqli “Sky Sport” nashri bergan xabarlarga ko‘ra, “Chelsi” braziliyalik futbolchini o‘z o‘yin uslubiga mos bo‘lgani bois harid qilish niyatida. Tomonlar iqtidorli futbolchining transferi borasidagi muzokarlarni yanvay oyida amalga oshirish rejalashtirlgan.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius ushbu mavsumdagi “La Liga” 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ygan.
Iskoning kelajagi deyarli aniq
 
“Madridning “Real” jamasi yarim himoyachisi Isko tez orada o‘z jamoasini almashtirishi mumkin”- deb xabar bermoqda"Soccer.ru" nashri.
Unga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachining hizmatlari bilan shaxsan Frenk Lepardning o‘zi qiziqib qolgan va rahbariyatdan ispaniyalik futbolchini harid qilishni so‘ragan.
“Chelsi” Isko uchun 44,4 million funt sterling taklif qilmoqda. Bundan tashqari, futbolchi uchun asosiy tarkibdan joy ham va’da qilinmoqda.Madrid klubi bu taklifni o‘ylab ko‘rish uchun biroz vaqt so‘ragan bo‘lib, tez orada Iskoning taqdiri uzil-kesil hal etiladi.
O‘zilni “Fenerbahche” qo‘llab-quvvatlamoqchi
 
Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil ijara asosida Turkiyaning “Fenerbahche” klubiga yo‘l oladigan bo‘ldi.
Bu haqida turk klubi sport direktori Damyen Komolli xabar bermoqda.
Futbolchining Xitoy davlatidagi musulmonlar haqida bildirgan fikri, “Arsenal”ning katta bosim ostida qolib ketishiga sabab bo‘lgan. Kelib chiqishi turk bo‘lgan O‘zilning so‘zlari butun Turkiya matbuoti tomonidan ilq qarshi olindi va futbolchi shu haftada asl vataniga qaytishi kutilmoqda. Komilli bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Fenerbahche” futbolchini bir yarim mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda.
Pochettino “Barselona”ga rad javobini berdi

Argentinalik mutaxassis ayni damda yangi takliflarni ko‘rib chiqishni boshlaganidan xabaringiz bor.
“The Sun” nashre bergan ma’lumotlarga qaraganda, murabbiy “Real Madrid” tomonidan tushgan taklifni rad etgan. Qahramonimiz yozgacha kutishga qaror qilganini va agarda Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etsa, uning o‘rnini egallashni rejalashtirganinni rasman ma’lum qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, Gvardiolaning mavsum so‘nggida PSJ jamoasi bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
771   

Shuningdek tavsiya qiling

24-12-2019, 08:10

Transfer olamidagi yangiliklar

18-12-2019, 21:07

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *