Goal24.uz » Европа жамоалари » Angliya » Arteta: «Sebalos boshqa o‘yinchilar kabi tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi kerak»

Arteta: «Sebalos boshqa o‘yinchilar kabi tarkibdagi o‘rni uchun kurashishi kerak»

Автор: admin

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoadan ketishi haqida aytilayotgan yarimhimoyachi Dani Sebalos haqida gapirdi.
«Men Dani bilan suhbatlashdim. Jamoaga kelganimda u tiklanayotgan edi.
Dani Madridda bo‘ldi va 1 oydan ortiq vaqt davomida «Real»da tiklandi. Uni deyarli ko‘rmadik, chunki biz bilan atigi 1 hafta yoki 10 kun mashg‘ulot o‘tkazdi.
Uning o‘yinini baholashga juda erta. Uning ketishi haqida ko‘p eshitdim, lekin hech qanday sharhim yo‘q. Dani boshqa o‘yinchilar kabi asosiy tarkibga kirish uchun raqobatlashishi kerak», – deb Artetaning so‘zlarini keltiradi The Independent.
Eslatib o‘tamiz, Sebalos huquqiy jihatdan «Real»ga tegishli.


109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *