Goal24.uz » Ўзбекистон » Andijonliklar “Ronaldu”si jamoaga qaytdi

Andijonliklar “Ronaldu”si jamoaga qaytdi

Автор: admin

2018 yilgi mavsumda "Andijon" jamoasi tarkibida o‘ynab, jamoaning Superligaga qaytishiga munosib hissa qo‘shgan va andijonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Nodir Mavlonov "Andijon" jamoasiga qo‘shildi.
Faoliyati davomida "Bunyodkor" va "Navbahor" jamoalarida o‘ynagan Nodir o‘tgan mavsumni namanganliklar tarkibida o‘tkazib, 8 ta uchrashuvda 334 daqiqa maydonda harakat qildi.
Nodir Mavlonov bugun "Hokim Kubogi-2020" turnirining birinchi tur doirasida "Neftchi" jamoasiga qarshi uchrashuvda shamollab qolganligi uchun maydonga tusha olmadi.
Manba: Андижон матбуот хизмати

143   
Добавить комментарий
Ваше имя: *