Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Pedro qayerga ketadi?
Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himochisi Pedroga da’vogarlar soni yana bittaga ortdi. Bu haqida “The Mirror” nashri ma’lum qilmoqda.
Manbaning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchining hizmatlari bilan Yaponiyaning “Vissal Kobe” jamoasi ham qiziqib qolgan. Futbolchining “aristokratlar” bilan tuzgan shartnomasi bu yil o‘z yakuniga yetishini inobatga olsak, Pedroning “sovchilari” ko‘payishi turgan gap.
Futbolchining agenti 32 yoshl futbolchi bilan MLSning ikki klubi (Nyu-York Siti» va «Inter Mayami») shartnoma imzolamoqchiligini avvalroq xabar bergan edi.
Ayni damda Pedro deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Qahramonimiz ushbu mavsum APLning atigi 5 ta o‘yinida ishtirok etdi xolos.
 
“Siti”dan yangi xarid

“Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi himoyadagi muammolarni yopish uchun himoyachi sotib olishga qaror qildi. Endilikda klub e’tibor markazida Milanning “Inter” jamoasi himoyachisi Milan Shkrinyar turibdi”,- deb xabar bermoqda “Daily Star” nashri.
Shuningdek, “shaxarliklar” futbolchi uchun “Inter” talab qilayotgan 80 million funtdan voz kechishga tayyor ekanligini ma’lum qilishgan. Deyarli 3 mavsumdan beri yuqori tempda to‘p surib kelayotgan slovakning o‘zi ham Tumanli albionga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
“Manchester Siti” ushbu transferni amalga oshirish yordamida, Vensan Kompaniyning o‘rnini to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
“Tottenhem” golland bilan shartnoma imzolaydi

Londonning “Tottenhem” klubi Gollandiyaning PSV jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Steven Bergveyn bilan qiziqib qolgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
“V.I” nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar 22 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, “shporlar” Steven uchun turli bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 32 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. 28 yanvar sanasida futbolchi Londonga keladi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Muzokaralar sababli PSV o‘z futbolchisini jamoaning o‘yinlarida ozod qilingandan xabaringiz bor. Qahranomiz tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tsa, 29 yanvar sanasida uning transferi rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Bergveyn davom etayotgan mavsumning 16 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 5 ta gol kiritshga muvaffaq bo‘ldi. Shunindek uning hisobida 10 ta assist ham mavjud.
“Vulverhempton” Adamaning narxini e’lon qildi

Angliyaning “Vulvurhempton” jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘plab klublar e’tiborini o‘ziga qaratgan Adama Traorening qishda jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Bugun “Vulvurhempton” o‘z futbolchisni qishda sotishga tayyor ekanligini va uni qo‘lga kiritishni istagan jamoalar 75 million funtdan voz kechishi kerakligini rasman ma’lum qildi. Ispaniyalik futbolchi “Roma”, “Liverpul” va “Barselona” jamoalari shortlistida mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi APLning 23 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Uning hisobida 4 ta gol va 7 ta assist mavjud.
Florentinu “Milan”ga o‘tishi mumkin

Italiyaning “Milan” jamoasi Portugaliyaning “Benfika” klubi yarim himoyachisi Florentinu bilan jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqida “Le Gazzeta della sport” nashri ma’lum qilmoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, “rossonerilar” futbolchini yarim mavsumga 5 million yevro evaziga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Agarda, Florentinuning o‘yini jamoaga ma’qul kelsa, mavsum so‘ngida “Milan” “Benfika”ning hisobiga yana 40 million yevro o‘tkazib beradi.
Hozircha Portugaliya klubi bu taklifga reaksiya bildirganicha yo‘q. Eslatib o‘tamiz, iqtidorli yarim himoyachi ushbu mavsumda “Benfika” safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *